Ichki ishlar vazirligi terma jamoalari o‘rtasida o‘q otish turi bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIBda o‘tkazilgan Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasida Malaka oshirish instituti terma jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Musobaqa tadbirlari yakunlangandan so‘ng Institut xodimlari Farg‘ona viloyatining e’tiborga molik ziyoratgohlarida bo‘lib, ekskursiyalarni amalga oshirdi. Jumladan Farg‘ona shahridagi Axmad al-Farg‘oniy hiyobonida hamda Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon maqbarasida bo‘lib ziyorat qilib qaytdilar.
Institut Matbuot xizmati