Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Tashkiliy boshqarma Yagona tezkor boshqaruv markazida Ichki ishlar organlari tezkor-boshqaruv markazi xodimlari bilan “Xavfsiz shahar” tizimlarining yagona apparat-dasturiy platformasi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan navbatdagi o‘quv kursida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm hamda Namangan viloyati IIBlaridan mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
O‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilar zaruriy o‘quv metodik materiallar, slaydlar va boshqa ko‘rgazmali qurollar, xizmatga doir me’yoriy hamda boshqa hujjatlar bilan to‘liq tanishtirildi hamda o‘quv yig‘ini yakunida sinovlar qabul qilindi.
Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.