Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan vazirlik Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan xizmat intizomini mustahkamlash hamda qonuniylikka rioya etilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan “Xizmat intizomi – qonuniylik garovi” mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi kodeksi”da belgilangan qoida va talablarni barcha xodimlar bilishi, ularga qat’iy va so‘zsiz amal qilishi, har bir xodimdan yuksak kasb madaniyati, chuqur huquqiy, ma’rifiy bilim talab etilishi, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va profilaktik tadbirlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar negizida tizimni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholining chinakam himoyachisiga aylantirish bugungi kunning muhim vazifasi ekanligini ta’kidladilar.
Tadbir yakunida, “Nafsning so‘nggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Institut Matbuot xizmati