Olmaliq filialida voleybol

12.05.2025 87 marta ko'rilgan

      Kuni kecha  Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq filialida kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o‘rtasida dam olish kunini mazmunli o‘tqazish maqsadida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

     Sport tadbiri tinglovchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Musobaqada turli guruhlardan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

     Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy musobaqa yakunida eng yaxshi jamoalar aniqlanib, faxriy diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va sport ruhini yanada kuchaytirdi.

     Bunday musobaqalar tinglovchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni sog‘lom hayotga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Maftuna Uzoqova,  

O‘zDJTU talabasi,

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot

xizmati amaliyotchisi.