Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tinglovchilar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyatini oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlash maqsadida uyushtirildi.
Musobaqada institutning turli kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar faol ishtirok etishdi. Bellashuvlar do‘stona ruhda, ammo qizg‘in raqobat muhitida kechdi. Ishtirokchilar o‘zining strategik fikrlash qobiliyatlari, sabr-toqati va e’tiborini sinovdan o‘tkazdi.
G‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan faxriy diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchiga esa musobaqa kubogi topshirildi.
Bunday musobaqalar tinglovchilarning jismoniy va aqliy salohiyatini rivojlantirish bilan birga, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stlik muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Maftuna Uzoqova,
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot
xizmati amaliyotchisi