Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada oshirish uchun pedagogik mahorat maktabining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda, konseptual jadval texnologiyasi asosida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, muammoli ma’ruzalarni tashkil etish yo‘llari va usullari bo‘yicha ma’lumotlar berilib, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati bo‘yicha bilim va malakalari mustahkamlandi.
Institut Matbuot xizmati