Bolajonlar ishtirokida bayram tadbiri

08.05.2025 87 marta ko'rilgan

       9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ezgu tashabbus doirasida o‘zgacha tadbir tashkil etildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahar Bektemir tumanidagi  575-sonli  maktabgacha ta’lim muassasasining kichkintoylari institutga tashrif buyurdi.

     Bolajonlar professor o‘qituvchilar va tinglovchilar  uchun Vatan, tinchlik, jasorat mavzularida she’rlar o‘qib, kuy-qo‘shiqlar ijro etdilar hamda shu mavzular doirasida sahna ko‘rinishlari ham qilishdi. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tdi, mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

     Mazkur tadbir yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish, tariximizga hurmat va kelajakka sadoqat tuyg‘ularini singdirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bu kabi uchrashuvlar davomli tarzda o‘tkazilishi belgilandi.

 

Maftuna Uzoqova,  

O‘zDJTU talabasi,

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot

xizmati amaliyotchisi.