Raqamli texnologiyalarni joriy etish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha mashg‘ulotlar

06.05.2025 94 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida  maxsus malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan ichki ishlar organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish va kiberjinoyatlarga qarshi  kurashish tizimini takomollashtirish bo‘yicha o‘quv  mashg`ulotlari  olib  borilmoqda.

     Mashg‘ulotlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Ichki ishlar vazirligida Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamentini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va ularda belgilangan ustuvor vazifalar  to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.

     Darhaqiqat, bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, yurtimizda jinoyatchilikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.

 

Institut Matbuot xizmati