Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yagona tezkor boshqaruv markazida “Xavfsiz shahar” tizimlarining yagona apparat-dasturiy platformasi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan 4-o‘quv yig‘ini yakunlandi.
O‘quv yig‘inida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent viloyati IIBB hamda Jizzax viloyati IIBlaridan masʼul xodimlar ishtirok etdilar.
Vazirlik Tashkiliy departamenti Situatsion-tahliliy markazi, Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma Yagona tezkor boshqaruv markazi hamda Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan xodimlarga “Xavfsiz shahar” tizimlarining yagona apparat-dasturiy platformasi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturiga asosan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarida ishtirokchilar zaruriy o‘quv va metodik materiallar, slaydlar va boshqa ko‘rgazmali qurollar, xizmatga doir meʼyoriy hamda boshqa hujjatlar bilan to‘liq tanishtirildi hamda o‘quv yig‘ini yakunida sinovlar qabul qilindi.
Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.