Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Institut boshlig‘ining tegishli farmoyishi asosida haftaning shanba kunlari pedagogik mahorat maktabi negizida mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.
Mashg‘ulotlarda o‘qituvchilarning pedagogik mahorati bo‘yicha bilim va malakalari mustahkamlanmoqda.
Jumladan, bugun Toshkent Davlat pedagogika universiteti huzuridagi tarmoq markazi o‘quv bo‘limi boshlig‘i Abbos To‘raev va Institut Jangovar tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi Jaloliddin Jumaboevlar tomonidan sxema texnologiyasi asosida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Institut Matbuot xizmati