Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan iborat jamoa Zangi ota majmuasini ziyorat qildi. Bu tashrif xodimlarning ma’naviyatini oshirish va ularni tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Xodimlar nafaqat yurtimiz, balki butun Markaziy Osiyodagi pok niyatli ziyoratchilarni o‘ziga tortib kelayotgan Zangi ota majmuasi ona-zaminimizdagi noyob tarixiy me’moriy, madaniy-ma’rifiy qadamjolardan ekanligi, majmua ertadan kechgacha ziyoratchi va sayyohlar bilan to‘laligi, e’tiborli tomoni butun Markaziy Osiyo mintaqasidan turli millatlar vakillari tashrif buyurayotganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Maydonning ko‘zga ko‘rinadigan joylarida iymon, diyonat, savobli ishlarga undovchi hikmatli so‘zlar, hadisu shariflar, majmua hududida ko‘rkam qutilardan Qur’oni karim suralari yangrayotgani tashrif buyurgan ziyoratchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ziyoratchilarimiz Zangi ota ziyoratgohiga tashrif davomida olingan ma’lumotlar va taassurotlar uchun majmua xodimlariga minnatdorchilik bildirdilar.
Institut Matbuot xizmati