Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida Malaka oshirish institutining boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari o‘rtasida “Kodeks bilimdoni” mavzusida viktorina tashkil etildi.
Viktorinaning final bosqichida 16-guruh “Yosh bilimdonlar” jamoasi, 8-guruh “Lochinlar” jamoasi va 13-guruh “Antiterror” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in o‘tgan tadbirda 1-o‘rinni “Yosh bilimdonlar” jamoasi, 2-o‘rinni “Lochinlar” jamoasi, 3-o‘rinni “Antiterror” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Institut Matbuot xizmati