Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilari bilan “Ichki ishlar organlarida murojaatlar bilan ishlashni tashkil etish” modulining “Ichki ishlar organlarining “102” xizmati faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos hususiyatlari va ahamiyati” mavzusi bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Tashkiliy boshqarma Yagona tezkor boshqaruv markazi “102” xizmati katta mutaxassisi Sanjarbek Dehqonov hamda Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi boshlig‘ining o‘rinbosari, dotsent Islom Axmedov tomonidan master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida “102” xizmati faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va mazkur xizmat faoliyatini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar, shuningdek, tizimning o‘ziga xos hususiyatlari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Tashkiliy boshqarma Yagona tezkor boshqaruv markazi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar yetkazildi.
Institut Matbuot xizmati