Ilmiy kengashda o‘quv-uslubiy majmualar muhokama etildi

26.04.2025 78 marta ko'rilgan

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni institut boshlig‘i, Ilmiy kengashi raisi t.f.n., dotsent, polkovnik  Olimjon Axmedov olib bordi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

     Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lgan xodimlarning mavzulari, professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanmalar muhokama  etildi.

      Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

 

Institut Matbuot xizmati