O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston jurnalistlar va Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari doktori Bahodir Jovliyev hamda IIV Malaka oshirish instituti kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari, dotsent Islom Axmedov ishtirokida maxsus malaka oshirish o‘quv kursining tinglovchilari bilan “Fuqarolar bilan ishlash” moduli bo‘yicha “Xodimlarni nutq madaniyati va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish usullari” mavzusida binar shaklida maʼruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida xodimlarining nutq madaniyati va fuqarolar bilan psixologik muloqotida nutq madaniyatining ahamiyatining o‘ziga xos xususiyatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Mashg‘ulot yakunida, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Institut Matbuot xizmati