Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘ining o‘rinbosari Baxodir Abdasovich Ulugbekоv va Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Baxtiyor Qurbonmuradovich Musurmonov uzoq yillar o‘z ish faoliyati davrida izlanuvchanligi, o‘z vazifasiga sidqidil va mas’uliyat bilan yondoshishi hamda yangilikka intiluvchanligi bilan e’tiborga molik bo‘lgan xodimlardan. Ular tinglovchilarga bilim berishda turli samarali usullardan foydalanadi hamda o‘qitishning xalqaro tajribalarini qo‘llaydi, shu asnoda shogirdlari ishonchini qozonadi.
Baxodir Abdasovich Ulugbekоv va Musurmonov Baxtiyor Qurbonmuradovichlarga ichki ishlar organlari xodimlarining tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ilmiy tadqiqot ishlaridagi ko‘p yillik mehnati, ilmiy faoliyati va jamoada samarali mehnatini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Dotsent” ilmiy unvoni berildi.
Shuningdek, Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Qudrat Abduvaxatovich Yo‘ldashev siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovar bo‘ldi.
Shu munosabat bilan, Institut boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, dotsent Olimjon Axmedov ilmiy unvon va daraja olgan xodimlarni samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.
Institut matbuot xizmati