Yaqinda Moskva shahrida V.Ya.Kikotya nomidagi Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva universitetida “Axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Forum ishtirokchilariga Rossiya IIV Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashni muvofiqlashtirish byurosi direktorining o‘rinbosari, politsiya general-mayori Eduard Vasilevich Derevyanko tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.
Anjumanda ta’lim va ilmiy tashkilotlarning yеtakchi olimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat birlashmalarining amaliy bo‘linmalari vakillari, shuningdek, Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashni muvofiqlashtirish byurosi rahbariyati ishtirok etdi:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Byuro direktori o‘rinbosari Baxromjon Turg‘unovich Xanazarov, Malaka oshirish institut boshlig‘ining o‘rinbosari Baxodir Abdasovich Ulug‘bekov va Institut katta o‘qituvchisi Yerlan Boymatovich Tashmanov Tendensii razvitiya kiberbezopasnosti i informasionnoy bezopasnosti v preduprejdenii sovremennix ugroz, mavuzsi bilan onlayn tarzida ishtirok etdilar.
Tadbirda bir qator dolzarb mavzular muhokama qilindi.