Yangilik haqida batafsil

Uch avlod uchrashuvi taassurotlarga boy bo‘ldi
April 23, 2025

      Ichki ishlar organlarida “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida keksa avlod vakillarining boy tajribasini o‘rganish, ezgu fazilatlarini ibrat sifatida ko‘rsatish, taʼlim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlik Malaka oshirish institutida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

      Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, “Mexnat shuhrati” ordeni sohibi, Toshkent shahar IIBB faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik, Murodjon Qobilovich Karimov, isteʼfodagi podpolkovnik Ziyovuddin Salaxiddinovich Xayriddinov va Toshkent shahar IIBB faxriylar kengashi masʼul kotibi isteʼfodagi mayor, Islomil Joraqulovich Zokirovlar hamda institut professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdilar. 

     Faxriylar boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursida tahsil olayotgan tinglovchilarga o‘zlarining hayoti va xizmat yo‘li to‘g‘risida o‘rtoqlashib, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan berilayotgan bilimlarni o‘zlashtirishlari, amaliy mashg‘ulotlar, shu jumladan, jangovar va jismoniy tayyorgarlikka alohida eʼtibor berish, o‘z ustilarida tinimsiz ishlashlari zarurligini taʼkidlab o‘tdilar.

     El-yurt ravnaqi yo‘lida Davlatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.

Institut Matbuot xizmati