Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda. Boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari tomonidan hududda keng ko‘lamli tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Gul ko‘chatlari ekilib, daraxt va butalar parvarishlanmoqda. Hududlar doimiy ravishda obodonlashtirilib, institutning ko‘rki va fayzi yana-da ortmoqda.
Institut Matbuot xizmati