Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlarining jangovar tayyorgarliklarini mustahkamlash maqsadida vazirlikning amaldagi buyruq talablariga muvofiq vazirlik O‘quv-dala markazida amaliy o‘q otish mashqlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda xodimlar Makarov pistoletidan va Kalashnikov avtomatidan o‘q otish borasidagi nazariy bilimlarini amaliyotda bajardilar. Jumladan quroldan foydalanish, masofadan o‘q otish, mo‘ljal olish kabi jarayonlarni bajarib ko‘nikma orttirdilar.
Shuningdek, xodimlar Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatini to‘liq va to‘liqsiz qismlarga ajratish, yig‘ish borasidagi bilimlari ham mustahkamlandi.
Natijalar mas’ul xodimlar tomonidan baholanib, xodimlarga yanada yaxshi va a’lo natija qayd etishlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Institut Matbuot xizmati