“Xavfsiz shahar” platformasi

17.04.2025 95 marta ko'rilgan

     Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tashkiliy boshqarma Yagona tezkor boshqaruv markazida Ichki ishlar organlari tezkor-boshqaruv markazi xodimlari bilan “Xavfsiz shahar” tizimlarining yagona apparat-dasturiy platformasi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha o‘quv yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

      Xodimlarga “Xavfsiz shahar” tizimlarining yagona apparat-dasturiy platformasi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturiga asosan, vazirlik Tashkiliy departament Situatsion-tahliliy markazi tajribali mutaxassis xodimlari hamda Malaka oshirish institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazilib, o‘quv yig‘ini yakunida sinovlar qabul qilindi.

        Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.