“Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi”da Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi maxsus unvon olish uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilari yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg, XX-asr O‘zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun munosabati bilan poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida yozuvchiga bag‘ishlab ochilgan muzeyiga ekskursiya tashkil etilib, adibning hayoti va ijodi, bebaho ma’naviy xazinasi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, bog‘da barpo etilgan haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.
Institut Matbuot xizmati