Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi saf bo‘linmalari shaxsiy tarkibiga Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi, Xusan Muslimov tomonidan “Skorpion-500, Skorpion-250 rusumli elektroshok qurilmasini qo‘llash tartibi” mavzusida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida elektroshok qurilmalarini qo‘llashning huquqiy asoslari, ularni saqlash, olib yurish, faol holatga keltirish hamda qo‘llash vaqtida rioya qilinishi zarur bo‘lgan xavfsizlik choralari haqida tushunchalar berish bilan bir qatorda, inson organizmining elektroshok qurilmasini qo‘llash ta’qiqlangan joylarini bo‘yicha ham tushunchalar berildi.
Mashg‘ulot davomida xodimlar shaxsan mazkur elektroshok qurilmasini ishga tushirish va qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdi. Mashg‘ulot yakunida shaxsiy tarkib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Institut Matbuot xizmati