Ilmiy darajalar olish uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tdi
25.03.2025
87 marta ko'rilgan
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar malakaviy imtihonlarni topshirdilar.
Imtihon davlat va jamiyat qurilishi, ta’lim va fan, huquqni qo‘llash va iqtisod sohalarida ulkan ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan olimlar va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Institut Matbuot xizmati