O‘qituvchilarimiz sovrindor bo‘ldi

24.03.2025 82 marta ko'rilgan

      Joriy yilning 22-23- mart kunlari Toshkent shahar Yashnabod tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida Sport ustalari o‘rtasida sportning sambo turi bo‘yicha Respublika turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada  viloyatlar va Toshkent shahridan 100 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdilar.

      Musobaqada IIV Malaka oshirish instituti Jangovar va jismoniy  tayyorgarlik sikl katta o‘qituvchisi, mayor Isroil Bo‘tayev 71 kg vazn toifasida  faxrli uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalini  hamda Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikl boshlig‘i, podpolkovnik Murodxon To‘rayev 79 kg vazn toifasida  faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalni  qo‘lga kiritdilar.

         Musobaqa g‘olib va sovrindorlari joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan “Osiyo-Okeaniya” chempionatida O‘zbekiston  terma jamoasi safida ishtirok  etish huquqga ega bo‘ldilar.

Institut Matbuot xizmati