Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelmoqda.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ham Navro‘z umumxalq bayrami “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanmoqda.
Bugun ham institutdagi bahoriy bezaklar, bayramona dasturxon hamda milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar, turli xil o‘yinlar, sovrinli musobaqalar, qiziqarli tomoshalar xodimlar va tinglovchilarda unutilmas taassurotlar qoldirmoqda.
Bayram shukuhi har bir ishtirokchining yuz-ko‘zidan sezilib turibdi.
Institut Matbuot xizmati