Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

20.03.2025 70 marta ko'rilgan

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda Ilmiy kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

    Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lgan xodimlarning mavzulari, professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanmalar muhokama  etildi.

     Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

 

Institut Matbuot xizmati