O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi imzolandi.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti polkovnik O.T.Axmedov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktoriA.G‘.Eminov va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.M.Azimovlar ishtirok etishdi.
Mazkur memorandum kelgusida ichki ishlar organlari xodimlarining o‘zbek adabiy tili meʼyorlari, davlat tilida ish yuritish, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha o‘quv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, xodimlarning nutq madaniyati hamda notiqlik mahoratini oshirish, o‘zbek tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tilining xalqaro mavqeini mustahkamlashda ichki ishlar organlarining ishtirokini taʼminlashga qaratilgan.
Institut Matbuot xizmati