Malaka oshirish institutida – bahor
20.03.2025
71 marta ko'rilgan
Shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiori ostida bahorgi ishlar olib borilmoqda. Institut xodimlari va tinglovchilari hududni tozalash, yo‘lak va tevarak-atroflarni tartibga keltirish ishlarini bajarmoqdalar.
Ularning bahorgi ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlarini sifatli bajarayotganliklari tufayli institut obod, ko‘rkam bo‘lib bormoqda.
Institut atroflariga gul nihollari, turfa ko‘chatlar ekilib, hamma yoq chinnidek ozoda, fayzli holatga keltirilmoqda. Daraxtlar oqlanib, shakl berilyapti. Ariq-zovurlar, yon-atrof shoh-shabbadan, chiqindilardan tozalanmoqda.
Institut atrofidagi mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, bolalar maydonchalari tartibga keltirilmoqda.
Institut Matbuot xizmati