Yangilik haqida batafsil

70 yoshni qarshilagan ustoz
March 13, 2025

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida respublikamizda tibbiyot va taʼlim sohasiga fidokorona xizmat qilib kelayotgan, yoshlarga ezgu bilim va tarbiya berishda o‘z umrini bag‘ishlagan tajribali shifokor va pedagog, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Hayot xavfsizligi va tibbiy tayyorgarik kafedrasi mudiri, pediatr, tibbiyot fanlar doktori, professor, Rajabboy Raximovich Masharipovning 70 yosh tavalludiga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

       Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Nuroniylar jamoatchilik kengashi, Respublika veteran jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasi masʼullari, Institut professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etdi.

               Mazkur kun munosabati bilan mehmonlar bilan birgalikda ustozni tabriklab, uning taʼlim rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi eʼtirof etildi. Ustoz Rajabboy Raximovichga bugungi kunda tinglovchilarning maʼnaviy salohiyatini oshirish, ularga zamon talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni berib kelayotganligi uchun minnatdorchilik bildirildi.

        Ustozning sharafli mehnati tufayli ko‘plab shogirdlar еtishib chiqib, bugungi kunda turli sohalarda faoliyat yuritmoqda. Bu esa uning fidoyiligi va ilm-maʼrifatga bo‘lgan sadoqatining yorqin ifodasidir. Rajabboy Raximovichga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va kelgusi faoliyatida yana-da yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Institut Matbuot xizmati