Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi taʼlim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan vazirlik Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tizimga aylantirish va tizim nufuzini oshirish har bir xodimni asosiy vazifasi bo‘lishi lozim" mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi kodeksi”da belgilangan qoida va talablarni barcha xodimlar bilishi, ularga qatʼiy va so‘zsiz amal qilishi, har bir xodimdan yuksak kasb madaniyati, chuqur huquqiy, maʼrifiy bilim talab etilishi, maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy va profilaktik tadbirlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar negizida tizimni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholining chinakam himoyachisiga aylantirish bugungi kunning muhim vazifasi ekanligini taʼkidladilar.
Tadbir yakunida, “Nafsning so‘nggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Institut Matbuot xizmati