Yangilik haqida batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazining tamal toshi qo‘yildi
Oct. 2, 2024

 

   O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Kurbanov Zufar Kamilevich hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markaziga tamal toshi quyildi.

   Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari hamda IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

   Mazkur o‘quv markazi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Koreya Respublikasi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil yetish bo‘yicha salohiyatni oshirish loyihasi”  asosida barpo etiladi.

   Mazkur beg‘araz grant loyihasini amalga oshirish 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, uning umumiy qiymati 6 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

   Grant loyihasi doirasida IIV Malaka oshirish institutida qurilishi rejalashtirilgan bino politsiya avtomobil boshqaruv simulyatori, sud ekspertizasi, tergov va jinoyat sodir etilgan voqea joyi xonalari hamda virtual simulyatsiya va modellashtirish markazidan tashkil topib, ularning barchasi Koreya texnologiyasi asosida qurilib jihozlanadi.

   Mazkur markaz ichki ishlar organlari xodimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkonini beradi.