Transport xizmatlarini tashkil etish tizimini takomillashtirish: qonunchilikdagi yangiliklarga bag‘ishlangan respublika master-klass

01.05.2026 6 times viewed

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari malakasini oshirish jarayonida Yuridik fanlar kafedrasi dotsenti, podpolkovnik X.X.Baxramov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar” nomli mavzu bo‘yicha respublika miqyosida ochiq (muammoli) master-klass mashg‘uloti Online va offline binar shaklida o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi mas’ul rahbarlari va mutaxassislari, Toshkent tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha tergov sudyasi,    shuningdek, online shaklda – Transport nazorati inspeksiyasi hududiy bo‘linmalari boshliqlari, o‘rinbosarlari va inspektorlari faol ishtirok etdilar.

Kengaytirilgan ochiq mashg‘ulotning maqsadi – amaldagi qonunchilikka kiritilgan Transport nazorati inspeksiyasi organlari vakolati doirasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jarima jazo chorasini qo‘llash shuningdek, “E-ma’muriy ish” yagona elektron ish yurituv tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash hamda ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan, erkin savol-javoblar, taklif-tavsiyalar va fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tkazildi.

Nazariya, qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotning uyg‘unligi xodimlarning kelgusi faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Institut Matbuot xizmati