Malaka oshirish instituti delegatsiyasi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi

21.04.2026 71 times viewed

IIV Malaka oshirish instituti boshlig’i polkovnik Olimjon Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya Xo‘jand shahrida o‘tkazilgan “Yuridik fan va amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Asosiy natijalar:

Tojikiston, Rossiya va Ozarbayjonning sohaviy OTMlari bilan huquqshunoslik va ilm-fan sohasida tajriba almashildi.

Tojikiston Respublikasi IIV Akademiyasi bilan ta’lim va ilmiy sohada hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Bu kelishuv ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash va ilmiy salohiyatni oshirishda muhim qadam bo‘ladi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati