8-mart munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
08.03.2026
3 times viewed
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Nukus filialida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda filial rahbariyati tomonidan xotin-qizlar samimiy muborakbod etilib, ularning xizmatdagi faoliyati eʼtirof etildi. Shuningdek, bir guruh faol xodimalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Institut Matbuot xizmati