Navbatdagi o‘quv kursi yakunlandi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursi o‘z yakuniga yetdi.
Kurs davomida tinglovchilarga zamonaviy boshqaruv usullari, xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, tezkor-qidiruv faoliyatini samarali tashkil etish hamda rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid nazariy va amaliy bilimlar berildi.
O‘quv jarayonlari interaktiv usullarda, amaliy mashg‘ulotlar va tahliliy muhokamalar asosida olib borildi. Yakunda tinglovchilar belgilangan tartibda sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
Institut Matbuot xizmati