Axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlar mavzusida binar mashg‘ulot

07.03.2026 9 times viewed

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tinglovchilar ishtirokida vazirlik mutaxassislari hamda institut professor-o‘qituvchilari hamkorligida “Axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning turlari” mavzusida binar mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlar, xususan internet firibgarligi, bank kartalari bilan bog‘liq jinoyatlar va shaxsiy maʼlumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish holatlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ularning oldini olish va aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir davomida tinglovchilarning savollariga javoblar berildi hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash muhimligi taʼkidlandi.

Institut Matbuot xizmati