Kasbiy ishonch va stressga chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan trening o‘tkazildi

27.02.2026 74 times viewed

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Psixologik ta’minlash guruhi bosh psixologi, leytenant M.D. Mirkomilov va A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali 4-kurs talabasi S.B. Mirzaahmedova hamkorlikda tinglovchilarda kasbiy ishonchni mustahkamlash hamda stressga chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan binar shakldagi amaliy trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilarda stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish, psixologik barqarorlikni saqlash, tezkor qaror qabul qilish va kasbiy faoliyatda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga qaratilgan psixologik mashqlar o‘tkazildi.

Mazkur trening tinglovchilarning psixologik barqarorligini mustahkamlash, kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qildi.