Nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unlashib
Ayni kunlarda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lajak yosh mutaxassislar Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, yo‘l-patrul xizmati brigadasi batalonlarida nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog‘lagan holda zarur tajribalarini orttirishmoqda.
Tinglovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishayotgan bo‘lsa, boshqalari targ‘ibot-tashviqot va reyd amaliyoti doirasida aholi gavjum maskanlarda bo‘lib amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda.
Amaliyot doirasida tinglovchilarning bevosita ishtiroki orqali hududlarda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasidagi bilimlari ham mustahkamlanmoqda.
Institut Matbuot xizmati