Tantanali tarzda nafaqaga kuzatildi
11.02.2026
203 times viewed
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlari tizimida ko‘p yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan Transport taʼminoti guruhi bosh muhandisi, podpolkovnik Gazixodjayev Madjid Mamurxodjayevich jamoadoshlari tomonidan izzat-ikrom bilan nafaqaga kuzatildi.
Tadbirda so‘z olganlar o‘zlarining samimiy va ezgu tilaklarini izhor etdilar. Unga institut jamoasi nomidan ko‘p yillik mehnatlari uchun minnatdorlik bildirilib, milliy zar chopon, do‘ppi, belbog‘ va qimmatbaho esdalik sovg‘a topshirildi.