Ichki ishlar organlari xodimlarining intellektualva professional salohiyatini oshirishga qaratilgan loyiha doirasida navbatdagi amaliy ishlar boshlandi

11.02.2026 242 times viewed

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi tomonidan imzolangan muzokaralar bayoniga muvofiq Koreya milliy politsiya agentligining tegishli mutaxassislari IIV Malaka oshirish institutiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i, polkovnik O.T.Axmedov, vazirlikning tegishli mutaxassislariva institut rahbariyati ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish, yuqori aniqlikdagi simulyatsiya o‘quv dasturini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ixtissoslashtirilgan maʼlumotlar, texnik tadqiqotlar, o‘quv-mashg‘ulotlari va mavjud dasturlarning samaradorligini oshirish, IT tizimini joriy etishga bo‘lgan ehtiyojlar yuzasidan fikrlar almashildi va muhokama etildi. 

Tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarning samarali amalga oshirilishida barcha imkoniyatlarni ishga solinishi, shuningdek o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.