Maʼnaviyat va sanʼat uyg‘unligi: “Layli va Majnun” spektakli taassurotlari

11.02.2026 161 times viewed

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari “Teatr ibratxona” maʼnaviy-maʼrifiy dasturi doirasida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatriga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida institut jamoasi teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan buyuk sharq mumtoz adabiyoti durdonasi — “Layli va Majnun” spektaklini tomosha qildi. Mazkur asar orqali muhabbat, vafo, sadoqat, sabr-bardosh va insoniylik kabi yuksak fazilatlar sahnada taʼsirchan ifoda etildi.

Spektaklning badiiy yechimi, aktyorlarning mahorati, musiqiy bezak va sahna madaniyati tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish, milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtiromni mustahkamlash, jamoada sog‘lom maʼnaviy muhitni qaror toptirishga xizmat qiladi.