Ma’rifat va intellekt uyg‘unligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishalar vazirligi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi shaxsiy tarkibi hamda tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzeyda Navoiyning hayoti va ijodiga oid ko‘plab yangi maʼlumotlar va arxiv materiallari taqdim etildi.
Muzeyga sayohatdan so‘ng tinglovchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Qizg‘in va mazmunli bahslarga boy o‘yin jarayoni tinglovchilarning bilim darajasi, tezkor fikrlash hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini янада mustahkamladi.
Bunday maʼnaviy marifiy tadbirlar tinglovchilarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.