Navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi

02.03.2024 141 times viewed

     O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida  kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “mayor” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursi hamda  ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun qayta tayyorlash kursi yakunlanishi munosabati bilan navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi.

     Tadbirda institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, xodimlari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

    Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keyingi yillarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangicha tizimini yaratilganligi, ichki ishlar organlarini el-yurtimizning ishonchi va mehrini qozongan, tom ma’noda xalqparvar tizimga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdilar.

    Tadbirda o‘quv reja va dasturlar talablarini to‘liq bajargan, imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

                                                               

IIV Malaka oshirish Instituti Matbuot xizmati