Binar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

17.02.2024 153 times viewed

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga qarashli  Olmaliq shahar o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetida tahsil olayotgan  tinglovchilar bilan “Balandlik tayyorgarligi” o‘quv kursidan “Balandliklarga chiqish va tushish texnikasi hamda anjomlarni tashvish qoplarga joylashtirish” mavzusida Toshkent shahar IIBB TVBSBning Jangovar tayyorgarlik bo‘yicha katta mutaxassisi, mayor Sh.K. Xojaniyozov ishtirokida binar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

    Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga tog‘ to‘siqlaridan oshib o‘tishning eng oqilona texnikasi, xavfsizlikni ta’minlash usullari, o‘z xavfsizligini o‘zi ta’minlash, anjomlardan to‘g‘ri foydalanish, tashvish qoplarni jihozlash hamda balandliklarga chiqish va tushish texnikasi masalalari atroflicha yoritildi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati