“Kitobxonlik - inson ma’naviyati ko‘zgusi”

14.01.2025 97 times viewed

     Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, kitob o‘qish orqali ma’naviyatli yoshlarni barkamol etib voyaga yetkazish hamda yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

       Institut kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilaridan tashkil topgan “Inspektorlar”, “Lochinlar”, “Posbonlar”, “Yuksalish” va “Serjantlar” jamoalari o‘rtasida “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”  bayrami munosabati bilan “Kitobxonlik - inson ma’naviyati ko‘zgusi” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

     Tadbirda 3-o‘rinni “Yuksalish”, 2-o‘rinni “Posponlar” va faxrli 1-o‘rinni “Serjantlar” jamoalari egalladi. Shuningdek, “Eng yaxshi kitobxon” nominatsiyasi bo‘yicha 9-guruh tinglovchisi Islom Ro‘ziqulov g‘olib deb topildi.

 

Institut Matbuot xizmati