Teatr – tarbiya va ma’naviyat maskani

10.01.2025 101 times viewed

            San’at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi. Teatr esa oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, manaviyat va marifat maskanidir.

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida malaka oshirayotgan Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshliqlari xodimlarning mashg‘ulotdan keyingi vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari, madaniy xordiq olishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida Institut professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan “Yulduzli kunlar” drama spektakliga tashrif uyushtirildi.

         Sahna ustalari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan ushbu spektaklni jonli ravishda sahnada ko‘rish tomoshabinlarda butunlay boshqacha tasavvur uyg‘otdi.

        Darhaqiqat, tarbiya va ma’naviyat maskani bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir

Institut Matbuot xizmati