Harbiy vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan uchrashuv

10.01.2025 97 times viewed

     Bugungi kunda yosh avlodni vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mamlakatimizdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilib, yoshlar orasida vatanparvarlik g‘oyasini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

     Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli boshlig‘i Murodxon To‘raev, sikl katta o‘qituvchisi Xondamir O‘rinxo‘jaev hamda o‘qituvchisi Isroil Bo‘taevlar tomonidan Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi  hamda Vatan himoyachilari kuni munosib bilan o‘quvchi-yoshlar qalbida Vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularda mardlik, jasurlik, Vatanga bo‘lgan sadoqat hissini yanada yuksaltirish maqsadida “Armiya-jasorat, matonat va bilim maskani” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

     Tadbir davomida so‘z olganlar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarning sport musobaqalarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.

 

Institut Matbuot xizmati