Konstitutsiya bilimdoni

04.12.2024 109 times viewed

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Maxsus fanlar sikli hamda O‘quv-saf qismi ofitserlari tomonidan Kasbiy tayyorgarlik fakultetida ta’lim olayotgan tinglovchilar o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

   Tanlovning final bosqichida “Pasport tizimini ta’minlash faoliyati” yo‘nalishining “Senatorlar” jamoasi, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishining “Ombudsman” jamoasi va “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishining “Yuristlar” jamoalari o‘zaro bellashdilar.

    Qizg‘in o‘tgan tadbirda 1-o‘rinni “Senatorlar” jamoasi, 2-o‘rinni “Ombudsman” jamoasi, 3-o‘rinni “Yuristlar” jamoasi  qo‘lga kiritdi.

 

Institut Matbuot xizmati