O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun qayta tayyorlash kursi yakunlanishi munosabati bilan 15 nafar xodimning bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan ularga sertifikatlar topshirildi.
O‘quv kursi davomida tinglovchilarga umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik va maxsus fanlardan puxta bilim berilib, ularda yuksak kasbiy hamda jangovar-jismoniy ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarda olib borildi.